So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Befayz Konor, sumkali darvozabon, chalg'ituvchi Babayan, g'oyib bo'lgan to'plar - "Navbahor" va "Paxtakor" uchrashuvi qanday o'tdi? Yangiliklar

Befayz Konor, sumkali darvozabon, chalg'ituvchi Babayan, g'oyib bo'lgan to'plar - "Navbahor" va "Paxtakor" uchrashuvi qanday o'tdi?

Teglar :  NavbahorPaxtakor
Biroz avval ko'pchilikning ichidagi quloqqa qo'shtirnoq ichida yoqimli eshitiluvchi so'zlar sadosi ila o'tkazilgan uchrashuv yakunlandi.

O'yin davomida:

— Maydonda UFC jangchisi Konor Makgregor harakatlarini ko'rdik;

— Uchrashuv vaqti maydonga sumka taqqan futbolchi tushib keldi;

— "Navbahor" ustozi Samvel Babayan raqib futbolchisini chalg'ituvchi harakat amalga oshirdi;

— Uchrashuv yakunlanishi arafasida uchrashuv uchun ajratilgan qo'shimcha to'plar yo'qolib qoldi.

Uchrashuv sharhi

Bir necha kun avval ushbu jamoalar Superliganing 17-turi doirasida o'zaro bellashgandi va unda kuchlar teng keldi. Kubok bahsida esa qaysidir jamoa uyga imtihondan yiqilgan abiturientning kayfiyatida qaytishga majbur edi. Samvel Babayan bundan avvalgi o'yin singari 4-4-2 taktikasini tanladi, faqatgina Kasyan o'rniga Marushichni asosiy tarkibga qo'ydi. "Paxtakor" ustozi SHackix esa 3-4-3 sxemasida uchrashuvni boshladi. Avvalgi o'yindan farqli o'laroq, Hamdamov va Aliboevga asosiy tarkibda ishonch bildirdi, afsuski, ular ko'zlangan natijaga erisha olmadilar. Uchrashuvning ilk daqiqalari, asosan, bir-birini o'rganish hamda maydon markazida ustunlikni qo'lga olishga urinishlar bilan o'tdi. Alijonovning noaniq zarbasini aytmaganda, dastlabki golga qadar darvozalarga boshqa birorta zarba berilmadi. Uchrashuvning 12-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisi Pshemislav Banashak o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi hamda Igor Golban bilan to'qnashib ketdi, ammo hakam bu vaziyat hujumchilar yoqtiradigan nuqtani ko'rsatish uchun etarli emas deb hisobladi. 14-daqiqada hisob ochildi. Hamdamovning burchakdan etkazib bergan to'pini yosh "sher" SHahzod Azmiddinov boshi bilan Yusupov darvozasiga joylab qo'ydi hamda o'z golini UFC jangchisi Konor Makgregor harakatlariga taqlidona ko'rinishda nishonladi. Ammo uning shodligi bir daqiqa ham davom etmadi. Markazdan boshlangan ilk hujum natijasida to'p Hamrobekovning qo'liga tegdi deb topildi va hakam 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Ikanderov esa bunday harakatlarni mashg'ulotlarda puxta o'zlashtirganligini ko'rsatib qo'ydi. Uchrashuv boshidan buyon faol harakat qilayotgan "Paxtakor"ning ishlari shundan so'ng biroz ortga tisarila boshladi. Keyingi 15 daqiqalikda himoyachilarga Marushichga vaziyatlarni inom qilishdi, ammo mezbonlar hujumchisining zarbalariga aniqlik etishmadi (1, 2, 3), vaholanki, hujumchi uch daqiqa ichida xet-trik qayd etishi mumkin edi. "Paxtakor"ning markazida muammolar etarlicha ko'zga tashlandi. Aliboev, Hamrobekovning paslarida noaniqliklar yuzaga keldi. Biroq qanot o'yinchilari samarali harakat qilishdi, hatto Sayfiev gol urishga ham muvaffaq bo'ldi, ammo ofsayd sababli inobatga olinmadi. Keyingi o'n daqiqalikda mehmonlarga jon oro kirdi, Sobirxo'jaev va Hamdamov uzoq masofadan o'z omadlarini sinab ko'rishdi. 43-daqiqada Iskanderovning zargarona paslari tufayli mezbonlar naq ikkita xavfli vaziyat yaratishdi, ammo natijasi shlyapalarni osmonga irg'itadigan darajada bo'lmadi. Taym oxirida Sobirxo'jaev raqib darzosani yon tomondan "kaltakladi".

Ikkinchi bo'limni "Paxtakor" go'yoki hujumkor ruhda boshlagandi. Bonashak yana o'ng qanotda faollik ko'rsatib, jarima to'pi ishlab oldi, biroq ushbu standart jamoasiga boshiga balo bo'ldi. Aliboev oramizda ko'p uchraydigan ibora sanalgan poliz mahsulotini tushirib yuborishi oqibatida namanganliklar ikkinchi bor penalti tepish baxtiga muyassar bo'ldi va Iskanderov bu safar ham snayper ekanligini isbotladi. Keyingi yigirma daqiqa "Paxtakor"ning kichik ustunligi ostida biro zerikarli ruhda o'tdi. Alijonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi hamda Bonashakning raqib jarima maydoniga kirib borishini hisobga olmaganda, aytarli vaziyatlar sodir bo'lmadi. Navbatdagi o'n daqiqada esa mehmonlar ham oldinga tashlanishdi. Dastlab Golban Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaning "peshonasi"ni nishonga olgan bo'lsa, keyinroq Marushich qarshi hujumda qochib ketishga harakat qildi, shuningdek, Abdumannopov ham darvozabon bilan birga-bir vaziyatda jismoniy tarbiya fanidan yigit bahoga o'qigan bolakay singari harakat qildi. 80-daqiqada "Paxtakor" ustozi SHackix etirozlari uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas "Navbahor" ustozi Samvel Babayan maydon chetida o'ziga xos ko'rinish ijro etdi. U harakatlari bilan to'p bilan bo'lgan raqib himoyachisini chalg'itishga urindi. Albatta, jiddiy chalg'itish emas, shunchaki harakat qizg'in tuyuldi. Garchand videoda tasvir tasavvurdagidek ko'rinmagan bo'lsa-da, ushbu holat o'yinni bevosita stadiondan kuzatayotgan tomoshabinlarning kulgisiga sabab bo'ldi. 87-daqiqada "Paxtakor" posboni say-harakatlari evaziga to'qnashuv taqdiri ertaroq hal bo'lishi mumkin edi, uning baxtiga raqib futbolchisi kechirimli ekanligi malum bo'ldi. Uchrashuvning kulminacion nuqtasi hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Ikkinchi bo'lim davomida to'xtalishlar bo'lganiga qaramay, uchrashuv bosh hakami atigi 4 daqiqa qo'shib berish bilan kifoyalandi. 90+1-daqiqada Alijonov raqib jarima maydoniga kirib bordi va yiqildi. Hakam esa yana lom-mim demadi. Oradan bir daqiqa o'tgach, maydon markazida CHeran va Ahmedov o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi, ularni ajratish uchun nafaqat hakam va futbolchilar, balki zaxira o'yinchisi ham tushib keldi. Rahimbek Karimov esa Davronov familiyaga ega "adash"ini bu ishi uchun ogohlantirdi. 90+4-daqiqada chamasi yarim daqiqa davomida Ashurmatovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Ikki marta to'xtalish bo'lganiga qaramay, hakam belgilangan vaqt yakuniga etishi bilanoq hushtagini chalib, o'yin yakunlanganini elon qildi. Aytgancha, o'yin yakunlanishiga yigirma daqiqacha vaqt qolganda, maydon tashqarisidagi to'plar zerikkanidan stadiondan ketib qolishibdi. Buni maydon chetidagi hamkasblarimiz ham tasdiqladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Paxtakor" darvozasiga belgilangan ikkinchi penalti hamda Alijonov yiqitilgan vaziyat muhokamalarga sabab bo'ldi. Albatta, har ikkala vaziyatni har ikkala taraf uchun o'z qarashlariga ko'ra ikki xil talqinda ko'rishlari turgan gap. Men Feliks Brext yoki Daniel Orsato emasmanki, sizlarga qarorni isbotlab bersam. Ehtimol, yaqin kunlarda ekspertlar tomonidan ushbu vaziyatlar ko'rib chiqilsa kerak.

Biz esa har doim Evropa mamlakatlari chempionatlaridagi sanog'i soch tolalarim kabi kameralarga havas qilib o'taveramiz, sotib olishga esa mablag' yo'q. Lekin Sport TV yaqinda La Liga transliciyasini ham sotib oldi, tez kunlarda APLni ham xarid qiladi degan xabarlar ham urchib yuribdi. Kameralar mavzusi deyarli har turda tilga olinadigan yurtda Evropa futbolidan quruq qolmaslik yaxshi har holda.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика