"Bayer" "Manchester Siti" yarim himoyachisi uchun taklif bilan chiqdi, Gvardiola shogirdini qo'yib yubormoqchi emas
27 jan 15:58
Yangiliklar
"Bayer" "Manchester Siti" yarim himoyachisi uchun taklif bilan chiqdi, Gvardiola shogirdini qo'yib yubormoqchi emas
Leverkuzenning "Bayer" jamoasi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Jeyms Makatini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
"Aspirinlar" bosh murabbiyi Xabi Alonso angliyalik futbolchi jarohat olgan Marten Tere o'rnini egallaydi deb hisoblamoqda. Biroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Makatini qo'yib yuborishni istamayapti, chunki kelajakda boshlang'ich tarkib futbolchisiga aylanishiga ishonmoqda.
22 yoshli hujumkor yarim himoyachi "shaharliklar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. Makati joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi. Transfermarkt portali ingliz futbolchisini 14 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar