So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  3 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  8 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Baxtiyorjon Qosimov: “Ikkinchi davrada natijalarimizni yanada yaxshilay olamiz” Yangiliklar

Baxtiyorjon Qosimov: “Ikkinchi davrada natijalarimizni yanada yaxshilay olamiz”

Termizning “Surxon” jamoasi birinchi davrani bir tekis o'tkaza olmadi.

Bazida g'alabalar, bazan kutilmagan tarzda ochkolarni yo'qotdi. SHunga qaramay, klub ayni vaqtda turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. Qolaversa, jamoaning “Nasaf”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvi ham bor. Xo'sh, yakulanib borayotgan birinchi davradan jamoa azolarining ko'ngillari  to'ldimi? Bu borada biz jamoa etakchi futbolchisi Baxtiyorjon Qosimovga yuzlandik. 

- Baxtiyorjon, “Surxon”ning ortda qolgan o'yinlaridagi natijalariga munosabatingiz qanday?

- Mavsumga puxta  tayorgarlik ko'irsh uchun etarlicha vaqt bo'lgani yo'q. SHunga qaramasdan kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, maksimal darajada ochko yig'ishga harakat qildik. To'g'ri, keragidan ortiq ochkolarni ham boy berdik. Biroq ikkinchi davrada bularni o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. 

- Klub Termizda o'ynamayotgani ham natijalarga tasir ko'rsatyaptimi?

- Ha, albatta tasir qilmoqda. Biz har bir uchrashuvda mehmon sifatida harakat qilyapmiz. Deylik, Termizda o'ynagan bo'lganimizda ko'proq ochko to'plashimiz ham mumkin edi. Umid qilamizki, ikkinchi davrada o'z uchrashuvlarimizni Termizda o'tkazamiz va muxlislarimiz qarshisida boshqacha futbol namoyish qila olamiz. 

- Ispaniyalik mutaxassis o'yin uslubiga moslashishga ulgurdingizlarmi?

- Har murabbiyning o'z o'yin uslubi bor. Deylik, Anxel Lopezni ham o'z o'yin uslubi bor. Biz murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni maydonda bajarishga harakat qilyapmiz. Nazarimda, buning uddasidan chiqyapmiz. Har bir futbolchi o'z ishiga professional yondoshmoqda va buni bajarishga harakat qilyapmiz.

- Jamoada o'ynayotgan legioner futbolchilar xususida nima deya olasiz? Ularning jamoaga foydasi tegyaptimi?

- Legioner futbolchi ham mahhallliy futbolchi ham maydonda bir vazifani bajarishadi. Bizning legionerlarimiz bilan hech qanday muammo yo'q. Hammasi jamoaga yordam bermoqda. 

- Ichki muhit qanday?

- Bu borada ham muammo yo'q. “Surxon” juda ahil jamoa va bir oiladekmiz.

- Moliyaviy muammolar kuzatilmayaptimi?

- Rahbariyat bu borada ajoyib tarzda ishlamoqda. SHu bois moliyaviy tomonlama muammo yo'q. 

- Ikkinchi davrada “Surxon” vaziyatni o'zgartira oladimi?

- O'ylaymanki, ikkinchi davrada “Surxon” o'zi uchun kerakli bo'lgan ochkolarni to'play oladi. Jamoamiz o'yindan-o'yinga o'smoqda va hamjihatligimiz yaxshilanmoqda. Davralar oralig'ida tarkibimiz yanada kuchaytiriladi. Bu esa yanada yaxshi jamoaga aylanishimizga sabab bo'la oladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика