Baxtiyor Boboev: "Yangi mavsumgacha jamoada xorijlik murabbiy ish boshlashi mumkin"
26 okt 2015 19:10
Yangiliklar
Baxtiyor Boboev: "Yangi mavsumgacha jamoada xorijlik murabbiy ish boshlashi mumkin"
"Bugungi o'yindan qoniqdim. Biroq hisob menga maqul bo'lmadi. Yigitlarning ko'rsatgan o'yinlari yaxshi darajada bo'ldi. Umuman bugun stadionga kelgan muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. Jamoalarda yakuniy zarbani berishda muammolar ko'zga tashlandi. Masalan bizda Sato Minori, Viktor Karpenkoda gol urish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'lgandi. Biroq o'sha vaziyatlarda hujumni samaralari yakunlay olmadik. "Nasaf"da charchoq alomatlari sezildi. Ular bugun finalda ko'rsatgan o'yinlaridan farqli ravishda boshqacha o'yin ko'rsatishdi. Men keyingi mavsumda jamoani boshqarmayman. Men murabbiy emasman. Biz nomzodlarni ko'rib, ularni o'rganib chiqmoqdamiz. Yangi murabbiy chet eldan ham bo'lishi mumkin. Hozircha uchtaga yaqin xorijiy mutaxassislar bilan muzokara olib bordik. Ular o'ylab olish uchun vaqt so'rashgan. SHu boisdan aynan kim ekanligini oshkor qilmoqchi emasman. SHuningdek, o'zimizdagi murabbiylarning ham nomzodlarini o'rganib chiqmoqdamiz. Yangi mavsumgacha "Bunyodkor"da yangi bosh murabbiy ish boshlashi aniq ", - dedi Baxtiyor Boboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar