So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  30 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Baxtiyor Boboev: SHodiev, Akbarov va Po'latov Bunyodkor bilan shartnoma tuzishdi Yangiliklar

Baxtiyor Boboev: SHodiev, Akbarov va Po'latov Bunyodkor bilan shartnoma tuzishdi

Toshkentning Bunyodkor klubi uch nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
Bu haqda klub vice-prezidenti - bosh direktori Baxtiyor Boboev aytib o'tdi.

- Futbolchilar yig'ilib tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Dastlabki yig'in Yangi yil bayramiga qadar davom etadi.
 

- Yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Asosiy tarkib bilan bir nechta yangi futbolchilar ham shug'ullanishmoqda. Voxid SHodiev (Buxoro), Boburjon Akbarov (Guliston), SHukurali Pulatov (Neftchi) FK Bunyodkor bilan shartnoma imzolab bo'ldilar. Yana bir qator futbolchilar bosh murabbiy Mirajlol Qosimov boshchiligidagi murabbiylarda iliq taassurot qoldira olishsa ular bilan ham shartnoma tuzamiz.

- Bunyodkor xorijiy yig'inlar vaqtida qaysi klublarga qarshi nazorat o'yinlarini o'tkazishi malummi?
- Yanvar oyida BAAda o'quv-mashg'ulot yig'ini rejada bor. Jamoa 18 yanvardan 1 fevralga qadar Dubayda bo'ladi. 2008 yildan buyon besh yulduzli Jebel Ali majmusiga boramiz. Amirliklardagi yig'in vaqtida Rossiya va Ukrainaning kuchli klublariga qarshi o'ynaymiz. Moskvaning Dinamo klubi biz bilan 25 yanvar kuni o'ynashga tayyorligini tasdiqladi. 22 yanvar kuni Ukraina chempioni hisoblangan SHaxter bilan o'yin rejalashtirilgan. 31 yanvar kuni esa Moskvaning Spartak klubi bilan o'ynamoqchimiz. Bu ikki klub o'yinlarni tasdiqlashlari kerak.

- 25 fevral kuni klub OFK chempionlar ligasida dastlabki o'yinni o'tkazadi. Fevral oyidagi yig'inlar qaerda va qachon bo'lib o'tadi?
-  4-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahriga boramiz. U erda ham ananaga sodiq qolgan holda Blue Waters majmusida yashaymiz. Murabbiylar shtabi bu davr oralig'ida 6ta nazorat o'yinini o'tkazishmoqchi. Raqiblar haqida aniq malumotlar keyinroq malum bo'ladi. Toshkentga qaytgan jamoa bir necha kundan so'ng Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. Aynan u erda mavsumning dastlabki rasmiy o'yini bo'lib o'tadi.

Mirzahakim To'xtamirzaev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика