Baxtiyor Ashurmatov: "Ruhiy holatimiz yaxshi emas"
06 iyu 2014 22:37
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Ruhiy holatimiz yaxshi emas"
"Mashal" - "Navbahor" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski bugungi o'yin bizga har taraflama qiyin bo'ldi. Jamoamiz muammolar girdobiga tushib qolgan. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng ruhiy va jismoniy jarohatlangan futbolchilarimiz juda ko'payib ketdi. Asosiy tarkibimizdan Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, Xurshid Xo'jaev, Temur Yafarov, Otabek Valijonov, Azim Ahmedov kabi yarim tarkibimiz bugungi uchrashuvga turli sabablar bilan etib kela olmadi. Olti futbolchining yo'qligi biz uchun juda katta yo'qotishdir. Bu bizni o'tgan turdagi va bu turdagi o'yinimizga tasir ko'rsatmoqda", - deydi Baxtiyor Ashurmatov
"Mavsum boshidan buyon aytib kelayotganimdek maqsadimiz beshinchi, oltinchi o'rindan birini egallashdir. Biz bu o'rinni egallash uchun ertaroq bunday jiddiy muammolardan chiqib ketishimiz kerak. Oxirgi ikki uchrashuvda maksimum o'yinimiz bilan olti ochko qo'lga kiritishimiz kerak. Ortda qolgan ikki mag'lubiyat turnir jadvalimizga katta tasir ko'rsatdi. Bizdan ortdagi jamoalar bizdan o'tib ketmoqda va shu bois biz hech narsaga qaramasdan g'alaba uchun o'ynaymiz. Maydonimizdagi o'yinda bizga muxlislar ham katta madad bo'ladi va g'alabalar oldinda. Turnir jadvalidagi o'rnimizni o'nglab olish qo'limizdan keladi".
"Mashal"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman lekin men faqatgina tabriklab o'zimiz uchun kerakli natijaga erisha olmaganimizdan afsusda ekanligimni aytib o'tishim kerak. "Mashal" haqiqatdan ham yaxshi shakllanib bormoqda".
"Ochig'ini aytsam biz va jamoa azolari ham "Barkamol avlod" o'yinlarini ertaroq yakunlanishini intiqlik bilan kutdik. Negaki juda ko'p savollar mana shu musobaqaga qaratilib qolgan edi. Tezroq "Navbahor" stadionda o'yinlar o'tishini kutmoqdamiz. Negaki bizni bu stadionda haddan tashqari ko'p muxlislar qo'llab-quvvatlaydi. Jamoa ana shunda o'zini o'nglab oladi. 10 iyun kuni "Nasaf"ga qarshi o'yinni ham Kosonsoyda o'tkazamiz. Oliy liganing 12 turidagi "Olmaliq"qa qarshi o'yin esa "Navbahor" stadionga ko'chadi" .
"Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyat bizni jamoaga juda katta zarba bo'ldi. Uning tasiridan chiqib ketish qiyin bo'lmoqda. Kimnidir ayblamoqchi emasman. SHunga qaramay oxirgi daqiqalarda o'tkazilgan "g'alati" gol jamoaga katta tasir o'tkazdi. O'sha o'yinda ikki futbolchimiz qizil oldi, uchtasi jarohatlandi va hozirgacha mashg'ulotlarga ham qatnasha olgani yo'q. O'sha o'yindan so'ng o'nglanishimiz qiyinlashib bormoqda. Tushunmadim ochig'i. Bu ruhiy holatdan chiqarishga bor kuchim bilan harakat qilayapman lekin ular yosh bola emaski holatdan tezda chiqib ketsa. Ruhiy holatimiz yaxshi emas. Mana ikki mag'lubiyatga ham ochiqcha tasir o'tkazdi. Nima bo'lganda bo'lsa bo'ldi. Mag'lubiyatlarni o'z zimmamga olaman. Aybim futbolchilarni ruhiy holatini tiklay olmaganim bo'lmoqda. Endigi vazifam jamoani bu vaziyatdan ertaroq olib chiqib ketish".

Fikrlar