So’nggi yangiliklar

13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   0 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  13 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  14 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  8 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Bazilar Ro'ziqul Berdievga qo'l bermaganim haqida gapirishdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bazilar Ro'ziqul Berdievga qo'l bermaganim haqida gapirishdi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon -1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Gapning ochig'i, bugun yutmasak bo'lmas edi. CHunki "Nasaf" bilan o'yindagi mag'lubiyatni juda og'ir qabul qildim. O'yindan keyin Ro'ziqul aka Berdievning oldiga borib g'alaba bilan tabriklamaganim haqida gapirgan insonlar ham bo'ldi. SHu paytda judayam qizishib ketgandim, buning uchun uzr so'rayman. Ro'ziqul akani judayam hurmat qilaman. Yoniga borib nimadir gapirib yuborishdan cho'chidim. Aytmoqchi bo'lganim, "Nasaf" bilan o'yindagi mag'lubiyatni juda og'ir qabul qildim. "Surxon" bilan o'yinda yigitlarga bugun yutmasak, istefo beraman degandim. CHunki o'zim qo'qonlikman, ko'chaga chiqib, boshni ko'tarib yurish ham zarur. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Tarkibimizda muammolar bor, bular haqida gapirishni istamayman. Dilshod Rahmatullaev, Oybek Rustamovlar hozirda jamoamizga yordam bera olishmaydi. Murod Xolmuhammedov bir yarim oy davomida bizga yordam bera olmadi.

"Surxon" bilan o'yindan so'ng rahbariyatdan istefo so'radim, ammo ular bu noto'g'ri yo'l ekani aytishdi. Ularning ishonchi menga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Bugun Javohir Sidiqov va Quvondiq Ro'zievlar katta hajmda ishni bajarishdi. Murod Xolmuhammedovning safga qaytganidan judayam xursandmiz.

Bugun tan olish kerak, "Lokomotiv" mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatishmadi.

- Bugun jamoa birinchi goldan so'ng bir oz sustlashdi. G'alabaga ishonib qoldimi, hujumlar tashkil etishda o'yin bir oz pasaydi. Buni qanday izohlaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, darvozamizga yaqin joyda hushyorlikni oshirishimiz kerak edi. Raqib darvozasi yonida ijodkorlik uchun imkoniyat bo'ladi. Afsus, o'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Bu "Lokomotiv"ga ustunlik berib qo'ydi. Bizda qarshi hujumlarda imkon bor edi, afsuski tezkor yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzaev jarohat oldi. Jamshid Hasanovni yarim himoyaga surdik, u ko'proq vazifani bajargani tufayli bizda qarshi hujumda qiyinchiliklarga duch keldik. Murod Xolmuhammedovning o'yinga qo'shilgani bizga juda katta foyda berdi.

- "Lokomotiv" uchun "Qo'qon-1912" noqulay raqibmi?

- Hozir jamoalarda tarkib o'zgargan. Biz o'tgan mavsum ham "Lokomotiv" bilan yomon o'ynamagandik. Ochig'i, noqulay yoki qulay raqib degan tushunchaga unchalik ham qo'shilmagan bo'lardim. Bugungi o'yinda yigitlar oxiriga qadar kurashgani g'alabamizga sabab bo'ldi deb o'ylayman. 

- Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan Islombek Abdullaevni darvozaga qo'ydingiz. Uning ko'rsatgan o'yini sizni qoniqtirdimi?

- Muzaffar Abdullaev yomon o'yin ko'rsatmayapti. Gapning ochig'i, oxirgi o'yinlarda mag'lubiyatga uchrayotganimiz sababli Islombek Abdullaevga imkon berdik. G'alaba erishdik, demak uning o'yinidan qoniqdim. Abdullaev bir gol o'tkazib yubordi, biroq bu vaziyatda Xurshid Muxtorov jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика