So’nggi yangiliklar

10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  1 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  2 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  4 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  5 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  47 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  13

Baxtiyor Ashurmatov: "Agar yuqori o'rinlar uchun kurashishni istasak, safarda ham ishonchliroq o'ynashimiz kerak" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Agar yuqori o'rinlar uchun kurashishni istasak, safarda ham ishonchliroq o'ynashimiz kerak"

Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Qo'qon-1912” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.

“Gapni ochig'i, 3 oy davomida futbol o'ynamadik. “Navbahor” bilan o'rtoqlikdan keyin jamoamiz holati yaxshi deb o'ylagan edim. Lekin, rasmiy o'yin baribir boshqacha ekanini ko'rsatib berdi. Afsuski bugun jismoniy tomondan bizga qiyin bo'ldi. “Bunyodkor” to'p nazorati bo'yicha kuchli ekanini isbotladi va amalda haqli g'alabaga erishdi.

Balki, asosiy tarkib tanlash borasida ozgina adashgandirman. O'ng qanot yarim himoyada, hujumda teng kuchli o'yinchilar bor edi. Ammo, shu tarkibda to'xtaldik. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur qildi va bu amalda o'z natijasini ko'rsatdi. Reja qilgan qarshi hujumlarimiz amalga oshmadi. Bugungi o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rgan edik. Hamma rejamizni amalga oshira olmadik. SHu sababli o'yin oxirida afsuski juda ham achinarli gol o'tkazib yubordik. To'g'ri raqib kuchliroq o'ynadi, ammo fikrimcha, yigitlarimiz ham kamida durang uchun mehnat qilishgan edi. Hisob ochilmagan paytda biz gol urishimiz mumkin edi.

Uchrashuvni 4-4-2 taktik sxemasida boshlagandik, Rayevac va Norbekov hujumda o'ynashdi. Ammo uchrashuv boshida raqibga qarab sxemani o'zgartirishga majbur bo'ldik va 5 himoyachi bilan o'ynay boshladik. 90 daqiqa davomida to'psiz himoyalanish juda qiyin, to'p nazoratini raqibga berib qo'ydik.

Bu mavsum deyarli barcha o'yinlarda ikki hujumchi bilan o'ynayapmiz. Quvondiq Ro'ziev hujumkor, Oybek Rustamov himoyaga ixtisoslashgan futbolchilar. Uyda hujumkor, chiroyliroq o'yin ko'rsatyapmiz, ammo safarda bunday bo'lmayapti. Boshqa-boshqa jamoadek taassurot qoldirmoqdamiz. Agar yuqori o'rinlar uchun kurashishni istasak mehmonda ham ishonchliroq o'yin ko'rsatishni boshlashimiz kerak.

Bugungi o'yindan ko'prog'ini kutgandim. Jismoniy holat yaxshiroq bo'ladi deb o'ylagandim”, – dedi Ashurmatov.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика