So’nggi yangiliklar

01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1

"Bavariya"ning rekordchi-afsonasi Gerd Myuller haqida Yangiliklar

"Bavariya"ning rekordchi-afsonasi Gerd Myuller haqida

15 avgust kuni afsonaviy Gerd Myuller hayotdan ko'z yumdi. U 75 yoshda edi.

2020/21 yilgi mavsumda Robert Levandoski Bundesligada 41ta gol urdi va deyarli yarim asrdan beri hech kim o'zgartirolmagan Gerd Myuller rekordini yangiladi. Keling, bugun Myuller bu darajaga qanday erishganini yodga olamiz.


Ortiqcha vazn, klubdoshlarining hazillari, pul etishmovchiligi

1964 yil Gerd "Bavariya"ga o'tishidan avval to'qish fabrikasida ishlagan. Dam olish kunlari esa ona shahri Nerdlingenning yoshlar jamoasida to'p tepgan (Myunxendan 140 km uzoqlikda). 20 yoshida 176 santimetr bo'yli yigitcha deyarli 90 kg edi, biroq havaskorlar orasida bu unga ustunlik bergan — 180 o'yinda 204ta gol urgan. Myuller "Nyurnberg"ning muxlisi bo'lgan, lekin sevimli klubidan taklif kuta olmagan Gerd "Bavariya"ga rozilik berdi. Myunxenliklar hujumchi uchun 4 ming doychmarka to'ladi (oliy liganing tajribali o'yinchisi uchun o'rtacha narx — 130-150 ming) va "Myunxen-1860" vakillari futbolchining ota-onasi bilan shaharning asosiy futbol klubi va yangi tashkil etilgan Bundesliga azosi Nerdlingenga tashrifidan bir necha daqiqa oldin ko'chib o'tishga kelishib oldi.

Myuller quyi divizionda o'ynaydigan "Bavariya"ni tanladi, sababi u erda tezroq asosiy tarkibdan o'rin olaman deb hisoblagandi. Klubdoshlari uning beso'naqay harakatlari ustidan kulishardi, bosh murabbiy Zlatko CHaykovskiy esa uni nega sotib olishganiga hech aqli etmasdi. "Bu og'ir vaznli o'yinchi bilan endi nima qilishim kerak?" — deb so'ragan edi rahbariyatdan.

Myuller dastlabki uch oy ichida hattoki, kengaytirilgan tarkibga ham kiritilmadi va oyiga atigi 200 marka (105 evro) ish haqi olib yurdi. Unga o'tkazilgan o'yinlar uchun mukofot puli ham, g'alaba uchun bonuslar ham berilmadi (asosiy tarkib o'yinchilari 1200 markadan olishgan). U qo'shimcha pul topish uchun yuk tashuvchi bo'lib ishlashiga to'g'ri keldi. Lekin topgan puli baribir etmadi va Gerd fabrikaga qaytish haqida o'ylay boshladi. Ammo rahbariyatning bosimiga qaramay ("Agar sen shu semizni maydonga tushirmasang, men boshqa futbol ko'rmayman" — dedi klub prezidenti Vilgelm Noydekker jamoa murabbiyiga), CHaykovskiy unga imkon bermadi.


Afsonalar avlodi, Udo Lattekning hujumkor futboli, "Oltin to'p"

Gerd asosiy tarkibdan maydonga tushdi va birinchi o'yindayoq gol urdi. Oradan ikki hafda o'tib poker qayd etdi. Muntazam mashg'ulotlar va dieta yordamida 10 kg vazndan xalos bo'ldi. 1964/65 yilgi mavsumda Myuller janubiy mintaqaviy ligada 38ta gol urdi va klub elitaga chiqishida yordam berdi. (U paytlar oliy ligaga chiqish qoidalari boshqacharoq edi: barcha mintaqaviy ligalarning eng yaxshi 2ta jamoasi keyingi bosqichga chiqadi, kvartetga bo'linadi va klassik guruh bosqichini o'tkazadi. Guruh bosqichi g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri Bundesligaga yo'l oladi. "Bavariya" avval mintaqaviy liga chempionatida, keyin esa o'z guruhda g'olib bo'ldi).

"Birinchi bo'lib ko'zim tushgan narsa, mashg'ulot payti u qanday tezlik bilan shug'ullangani bo'ldi, — yodga oladi Franc Bekkenbauer. — Hech kim unga eta olmasdi. O'yladim: "Bu yigitcha bizning jamoada o'ynayotgani qanday ham yaxshi...".

O'sha paytning ko'plab markaziy forvardlardan farqli o'laroq,Myuller eng yaqin himoyachi oldidan 2-3 metr bo'sh joy qoldirgan. Bunga sabab to'pni qabul qilib, jarima maydoniga kirish edi. Myullerning bo'yi past bo'lgani uchun ko'plab darvozabonlar uning zarbasiga katta ahamiyat bermasdi. Gerd esa doim bundan unumli foydalanardi. Uning nima o'ylayotganini hech kim bilolmasdi, axir o'zi ham nima qilishini bilmaydigan insonning fikrini qanday o'qish mumkin, to'g'rimi?!

"Hujumchi intuiciyasiga ishonishi kerak. O'ylab qoldimi — mag'lub bo'ldi", — deydi Myuller.

Bundesligadagi debyut mavsumida (1965/66) u "Bavariya"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Kelasi 13 mavsumda ham hech narsa o'zgarmadi — klubda hammadan ko'p gol urdi va 7 marta "oltin butsa"ga ega chiqdi — chempionat to'purariga beriladigan sovrin.

"Uni faqat oyoq qo'lini bog'lab qo'yibgina to'xtatish mumkin. Biroq bunga ham kafolat berib bo'lmaydi...", — deydi "Frankfurt" himoyachisi Gert Trinklyayn.

Bekkenbauer, Mayer, SHvarcenbek, Rot, Myuller — "Bavariya"ning bo'lajak afsonalari 20ga yaqin edi, ular 1969 yil oltin dubl qilishgandi (o'sha vaqtlar uchun ajoyib natija). Keyinroq jamoaga 17 yoshli Paul Braytner va Uli Xeness kelib qo'shildi. Ularni ajoyib nemis murabbiy, klubni hujumkor futbol o'ynaydigan jamoaga aylantirib yuborgan Udo Lattek o'zi bilan olib kelgandi.

Lattek tizimida Myuller o'zini yolg'iz o'yinchi sifatida his qilmadi. Hujumda butun jamoa ishtirok etdi. Gerdga nafaqat qanotdan, balki o'rta zonalardan ham yordam bera boshlashdi. Hech qanday qatiy qoidalar yo'q edi. Lattek futbolchilar bilan murabbiydek emas, ko'proq do'stdek muomalada bo'lardi. Masalan, bir kuni Myuller va bir nechta o'yinchilar rejimni buzib, tunggi klubga borishadi. Lattek esa tunda ularning yoniga boradi va shunday deydi: "Hozir ko'zimni yumaman va 25 000 gacha sanayman. Sanashni tugatganimda, hech biringizni bu erda ko'rmay, aks holda bu sizga muammo tug'diradi".

1970 yili "L’Équipe" Myullerga Bundesligadagi 38ta goli uchun "Oltin butsa" topshirdi, "France Football" esa keyinroq uni Evropaning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etdi. SHuningdek, u Meksikadagi JCHni ajoyib o'tkazgan. Nemislar o'shanda bronzaga ega chiqishgan, Gerd esa 10ta gol bilan turnir to'purari bo'lgandi.


Rekordga tayyorlanish: tatildan voz kechish, ideal vazn, yangi imij

"CHiziqda to'rtta himoyachi bilan zamonaviy forvardlarda ko'proq erkinlik yuzaga keladi, — deydi Gerd. — Mening davrimda markaziy himoyachilar vertikal joylashtirilgan — ulardan biri (Vorstopper (nem.) — oldindagi markaziy himoyachi — championat.asia). U hujumchi bilan yakka o'ynagan, boshqasi — libero — uni himoya qilib turgan. Yani, doim meni bir vaqtning o'zida ikki raqib o'rab olardi. Bugungi kunda esa kamdan-kam hollarda personal himoya qo'llaniladiyu SHuning uchun, hujumchilar zarba berish uchun osongina joy topadilar. Franc Bekkenbauer menga XXI asrda bir mavsumda 80ta gol ura olgan bo'lardim degan edi. Bo'lishi mumkin".

1970/71 yilgi mavsumda "Bavariya" Netcer, Xaynkess va Fogts to'p tepgan "Menxengladbax"ga sovrinni berib qo'ygan. Bu Bundesliga tarixida so'nggi tur oldidan etakchi jamoa chempionlikni boy bergan ilk hodisa edi. Bundan qattiq g'azablangan Myuller tatildan ham voz kechadi va butun yozni mashg'ulot zalida o'tkazdi. Natijada hujumchi ortiqcha vazndan qutiladi va o'zi uchun ideal vazngacha ozadi — 72 kilogramm. Myuller nafaqat vazn tashladi, balki sochi va mo'ylovini ham biroz o'stirdi (klubdagilar esa buning uchun unga dakki berishgandi).


U mashg'ulot payti himoyachilardan iloji boricha unga gol urishida to'sqinlik qilishlarini tayinladi. Ammo Gerd doim muvozanatni saqlab, zarba berish uchun imkon topaverdi. Darvozabon Zepp Mayer Myullerning boshqa xislatiga tan berardi: "Men o'z ishiga shunchalik jiddiy qaraydigan tajovuzkor hujumchini hech qachon ko'rmaganman".


40 gol, 17 assist, har o'yinda 3,5 km yugurish

Myuller mavsumni og'ir boshladi (9 o'yinda atigi 3ta gol), ammo 10-turdan keyin tezlashdi. Gerd birinchi davrada uchta penaltidan unumli foydalana olmadi, keyin penalti tepishdan voz kechdi. U umumiy hisobda 40ta gol urdi. Rekord goli (taymkod 0:34) o'ziga xos chiqdi.




"Bitta Myuller ikkita Bekkenbauerga teng", — degan edi "Ayntraxt" murabbiyi Erix Ribbek, Gerd uning jamoasiga 3ta gol urganidan so'ng.


"Millat to'purari" taxallusi Myullerning golli yutuqlariga etiborni qaratadi, lekin Gerd o'zini assistent sifatida ham ko'rsata oldi. 40 goldan tashqari o'sha mavsum uning hisobiga 17ta uzatma yozildi. Hujumchi faoliyati davomida klub safida 106ta samarali paslar berdi. Bekkenbauer u bilan devor uslubida o'ynashni yoqtirardi. Gerd to'pni qizg'anmasdi va doim orqaroqdan himoyachilarni hujumga qo'shardi.

"Bavariya" o'yinchilari chempionat doirasida 101ta gol urishdi (ularning yarmida Gerd ishtirok etgan). Myunxenliklar ikkinchi marotaba Germaniya chempioni bo'lishdi va mavsumdagi omadsizlikka nuqta qo'yishdi: bundan roppa-rosa ikki oy oldin Lattek shogirdlari Germaniya Kubogining javob o'yinida "Keln"ga mag'lub bo'lishgandi (5:1, bavariyaliklar birinchi bahsda Myullerning dubli evaziga 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan). Kubok egalari Kubogi yarim finalida "Bavariya" 3:1 hisobida (2 uchrashuv bo'yicha) "Glazgo Reyndjers"ga imkoniyatni boy bergandi.

"Sizda gol urish qobiliyati bo'ladi yoki yo'q — hujumchiga gol urishni o'rgatib bo'lmaydi. SHunday vaziyatlar ham bo'lganki, bazida sheriklarim egalik qilayotgan to'pga qaramasdim. Buning o'rniga, raqib harakatlarini sanar va qaysi zona bo'sh bo'lishini taxmin qilib, o'sha erga qarab yugurardim. Hattoki, bazan gol urish uchun jon berib harakat ham qilmasdim". — tan oladi Myuller.

Myuller haqiqatdan ham maydonda juda dangasa o'yinchi bo'lgan. Keln oliy sport maktabi olimlari bir necha yil avval uning faoliyatini batafsil o'rganib, "Bavariya" hujumchisi har o'yinda o'rtacha 3,5 km yugurganini aniqlashdi. Taqqoslash uchun: Bundesliganing bazi zamonaviy darvozabonlari (!) 90 daqiqa ichida 5-6 kmni bosib o'tishadi (masalan, Timo Xorn ("Keln") — 5,6 km, Aleksandr SHvolov ("Frayburg") — 5,5 km). Gerd radiusi 10 m, markazi 11 metr bo'lgan aylanadan tashqariga chiqishni yoqtirmasdi. Albatta, u bir joyda qotib turmas, doim harakatda bo'lardi. Jurnalistlar Gerdni kichik gollar masteri deb ham atashgandi. "Agar shunday gollarni hisoblashmasa, bundan xafa bo'lishim mumkin. Hozir esa bundan arazlash uchun hech qanday sabab ko'rmayapman", — javob bergandi Myuller.



"Bekkenbauer ham, Zeeler ham nemis futboli uchun Myullerdan ko'proq foyda keltirmagan. Milliy terma jamoani JCH-1954 yilda g'olib bo'lishida o'z hissasini qo'shgan Fritc Valterdan keyin Gerd mamlakatning eng qadrli futbolchisi bo'lib qoladi. U — "Bavariya"ning kelgusidagi va Germaniya terma jamoasining 21-asrdagi g'alabalarida "fundament" bo'ladi desak adashmaymiz", — degan edi Paul Braytner 2014 yil "ESPN" nashriga bergan intervyusida.

 

1971/72 yilgi mavsum davomida Gerd pul masalasida rahbariyat bilan janjallashib qoldi. "Bavariya" prezidenti Noydekkerning fikricha, bazi g'alamis odamlar Myullerga: "Bekkenbauer sendan ko'proq pul oladi" deb aytgan. SHundan so'ng, forvard agar uning maoshini oshirib berishmasa, boshqa klubga o'tishi mumkinligi bilan rahbariyatni qo'rqitgan. "Yoshim 27da va hozir faoliyatimning eng gullagan davri. Qolaversa, yangi takliflarning ham ayni vaqti", — tushuntiradi o'yinchi. Myullerga "Barselona" qiziqish bildirayotgan edi. Qishki tanaffus paytida esa "Feyenoord" vakillari muzokara o'tkazish uchun Myunxenga etib kelishgandi, biroq ularning taklifi Gerdni qoniqtirmagan edi. Natijada Myullerning oyligi oshirib berildi va klub bilan shartnomasi uzaytirildi.


AQSHga jo'nab ketish, ichkilik va qarzlar, "Bavariya"ga qaytish

1979 yili "Bavariya" murabbiyi Pal CHernai 34 yoshli Myullerni asosiy tarkibga qo'masligini aytdi. Gerd Germaniyadan ketdi va SHimoliy Amerika futbol ligasidagi "Fort-Loderdeyl Straykers" bilan shartnoma imzoladi. U Amerikada restoran ochdi, biroq tez kunda kasodga uchrab, qarzlari ko'paydi. Ayoli ajrashish uchun ariza berdi, Gerd esa ichkilikka berilib ketdi. "Bavariya" yordam taklif qildi (qarzning bir qismini to'lab bermoqchi edi), lekin Myuller rad javobini berdi. Futbol uzoq yillar davomida uning hayotiga rangbaranglik olib kirgandi, ammo u faoliyatini tugatganidan keyin yolg'iz qolib ketdi. Tennis, sauna va kechki TV-shoulardan tashqari, uni hech narsa qiziqtirmay qo'ygandi. SHuning uchun, faqat ichadigan bo'lib qolgandi.

"Hayotimni o'zim barbod qildim, — tan oladi Jahon chempioni 1982 yili vataniga qaytganidan so'ng. — Har kuni barga borib, ko'rgan tanishlarimda unutilmas uchrashuvlar haqida aytib berardim. Keyin uyga qaytib, tuni bilan ichardim. Haftaning 7 kuni ham shunday o'tardi".

1991 yili Gerd jonajon klubi ofisiga yordam so'rab keldi. Xeness har kuni ishdan keyin kasalxonaga, Myullerning yoniga borar va yana ortga qaytardi — (70 km borish va yana shuncha ortga qaytish).

Yana boshqa ko'ngilsizliklardan cho'chigan Xeness Myullerni "Bavariya" bosh murabbiyi assistenti qilib ishga joylashtirdi. Gerd u erda 20 yildan ortiq ishladi (1992-2014). U alcgeymera kasalligiga (miya yarim sharining ayrim soharida atrofiya, avval qisqa muddatga xotira yo'qolishi, keyin esa tananing boshqa funkciyalari ishdan chiqishiga olib keladi) uchramaganida, yana ham ko'proq ishlashi mumkin edi. Bu kasallik 2011 yili aniqlandi. Klub jurnalistlardan bu haqida yozmasliklarini iltimos qildi. So'nggi bir necha yillar mobaynida Myuller qariyalar uyida kasali bilan kurashdi.


So'nggi 47 yilda faqatgina 4ta hujumchi bir mavsumda 30+ gol qayd etdi. Ulardan biri — Levandovski

Myullerning rekordini oradan yarim asr o'tib, Robert Levandovski yangilashga muvaffaq bo'ldi. 80-yillar oxiridan 2000-yillar boshigacha Bundesliganing eng yaxshi forvardlari mavsum davomida zo'rg'a 20ta gol urardi. 2004 yil 28ta gol urgan "Verder" forvardi Ailton biroz burilish qilgandi. Undan keyin Gomes, Kloze, Xuntelar, Obameyang va Levandovski ketma-ket gollar ura boshlashgan. O'tgan mavsum Levandovski 40 gol davonidan o'tishga muvaffaq bo'ldi — u buni mavsumning so'nggi daqiqasida amalga oshirdi: "Augsburg"ga qarshi bahsning 90-daqiqasida! Lekin shunga qaramay, "Bavariya"ning rekordchi hujumchisi deganda hammaning yodiga Gerd kelishiga shubha yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика