"Bavariya" Zabitcer uchun 16 mln evro to'lashga tayyor
28 avg 2021 22:22
Yangiliklar
"Bavariya" Zabitcer uchun 16 mln evro to'lashga tayyor
"Bavariya" "Leypcig" futbolchisiga ko'z tikkan.
"Bavariya" klubi 27 yoshli futbolchi Marsel Zabicer uchun "Leypcig" klubiga 16 mln evro to'lashga tayyor. Futbolchi bilan o'zaro shartnoma borasida kelishib bo'lingan. O'yinchi "Leypcig"ning Bundesligadan o'rin olgan navbatdagi o'yini qaydnomasiga kiritilmagan.
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich ham, klub aynan Zabitcer transferi ustida ishlayotganini tasdiqlagan.
Oldinroq xabar berilganidek, 27 yoshli Zabitcer "RB Leypcig" bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni rad etgandi.
Fikrlar