"Bavariya" ushbu qishda Frenki de Yong bilan shartnoma imzolamoqchi
23 jan 2022 18:51
Yangiliklar
"Bavariya" ushbu qishda Frenki de Yong bilan shartnoma imzolamoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Myunxen klubi 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun barcha kuchini ishga soladi. De Yong "Bavariya"ga ushbu qishki transfer oynasida kerak. SHunday ekan, keyingi hafta xavbek uchun hal qiluvchi bo'ladi.
"Bavariya" vakillari qiziqayotganliklarini ko'rsatish uchun o'yinchining agenti bilan aloqaga chiqishdi. Ammo, de Yong bilan shartnoma imzolash hozir amalga oshmasa, myunxenliklar buni yozda qilishga urinib ko'rishadi.
SHu bilan birga, "Bavariya" va "Barselona" o'rtasida keskin munosabatlar mavjud. Oldinroq, Laporta Germaniya klubining Pedriga bo'lgan qiziqishidan g'azablangani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar