"Bavariya", "Tottenxem" va "Atletiko" Lukakuga davogar
30 jan 2023 11:43
Yangiliklar
"Bavariya", "Tottenxem" va "Atletiko" Lukakuga davogar
"Inter"da ijarada o'ynayotgan "CHelsi" hujumchisi Romelu Lukaku klubini o'zgartirishi mumkin, deya xabar berdi "Calciomercato".
Manbaga ko'ra, 29 yoshli belgiyalik futbolchiga "Bavariya", "Tottenxem" va "Atletiko" davogarlik qilmoqda. "CHelsi" futbolchini qaytarishni istamaydi, chunki hujumchini mavsum oxirida sotishni rejalashtirmoqda. Futbolchiga "Nyukasl" ham qiziqmoqda.
Oldinroq Milan klubi "CHelsi" bilan ijara muddatini uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagani, ammo London klubi ijaradan 8 million evro ishlab olmoqchi bo'layotgani, shuningdek, yana 3 million bonus belgilamoqchi ekanlini malum qilingandi.
Romelu Lukaku 2022/23 yilgi mavsumda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli barcha musobaqalarda "Inter"ning atigi 7 ta uchrashuvida qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani qayd etdi.
Fikrlar