"Bavariya" Tiagoni faqat 30 mln evroga sotadi. "Liverpul" esa buncha to'lashni xohlamayapti
30 avg 2020 12:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589581_original.jpg)
![](/upload/storage/589581_220.jpg)
"Bavariya" Tiagoni faqat 30 mln evroga sotadi. "Liverpul" esa buncha to'lashni xohlamayapti
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantaraning kelajagi so'roq ostida turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, ispaniyalik kutmoqda, u yozda APL klubiga o'tishni juda ham xohlamoqda.
"Liverpul" 29 yoshli futbolchi bilan aloqada, ammo 2 kun oldin "Bavariya" Angliya klubiga Tiagoni 30 mln evroga sotishga tayyorligini bildirdi. Mersisaydliklar 6 oydan so'ng futbolchi bilan tekinga shartnoma imzolashni bilib, buncha pul to'lashni xohlashmayapti.
Qayd etish kerakki, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Tiagoni jamoada ko'rishni xohlamoqda.
Ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar