"Bavariya" SHupo-Motingga ruxsat bermaydi
10 noy 2022 13:29
Yangiliklar
"Bavariya" SHupo-Motingga ruxsat bermaydi
Myunxen klubi futbolchi Erik SHupo-Motingga qishda "Manchester Yunayted"ga o'tib ketishga yo'l qo'ymoqchi emas.
33 yoshli futbolchining Jahon chempionatidan so'ng "qizil iblislar" safiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq nemis klubi hozircha futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
Forvard "Bavariya"da ajoyib formaga kirib oldi va barcha musobaqalarda 10 ta gol urdi. SHupo-Moting "Old Trafford"da qolmasligi aniq bo'lib qolayotgan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning o'rnini bosa oladigan nomzod sifatida qaralmoqda.
Kamerunlik hujumchi joriy mavsum turli musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushdi va 13 bor samaradorlik ("10+3") ko'rsatdi.
Fikrlar