"Bavariya" shu yil Vernerni sotib olmaydi
11 iyu 2019 10:34
Yangiliklar


"Bavariya" shu yil Vernerni sotib olmaydi
"Bavariya" shu transferlar oynasi paytida "RB Leypcig" forvardi Timo Vernerni sotib olmaydi.
Myunxenliklar futbolchini jamoaga olib kelish fikridan qaytishgani yo'q. Ular futbolchining "Leypcig" bilan tuzgan shartnomasi keyingi yilda tugashini bilgan holda, uni 2020 yil tekinga olib kelishni xohlashmoqda. Bu qaror klub uchun hozir 65 million evrodan kechishdan ko'ra yaxshiroq variant bo'lib ko'rinmoqda.
"Leypcig" esa futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etishiga yo'l qo'ymoqchi emas. SHu bilan birga Vernerning "Bavariya" bilan kelishib olgani to'g'risidagi malumotlar ham yo'q emas.
23 yoshli Verner joriy mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 10ta assistni ijro etgan. Transfermarkt futbolchini 60 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar