"Bavariya" PSJ futbolchisi bilan kelishib oldi
16 iyu 2020 23:12
Yangiliklar
"Bavariya" PSJ futbolchisi bilan kelishib oldi
Franciyaning PSJ klubi himoyachisi Nyanzu Kuassi faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi, deb xabar berdi Bild.
18 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda nihoyasiga etadi, hamkorlikni davom ettirishdan bosh tortgan futbolchining "Bavariya" bilan 5 yillik bitim imzolagani aytilmoqda.
Kuassi PSJ akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yilning dekabrida asosiy jamoa safida debyut qilgan himoyachi parijliklar uchun 13 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 3 gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Avvalroq mazkur futbolchiga "Real" qiziqish bildirayotgani haqida ham xabar bergandik.
Fikrlar