"Bavariya" Pavarni sotishga tayyor

Alisher
5 iyul 2022, 13:51
"Bavariya" ushbu yozda himoyachi Benjamin Pavarni sotishga tayyor.

Futbolchiga "Atletiko", "Yuventus" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Turinliklar o'z navbatida nemis klubiga Matteys de Ligtni yuborishmoqchi. Ammo, ular niderlandiyalik bilan faqatgina 80-90 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Futbolchi o'tgan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

26 yoshli Pavar "Bavariya"ga 2019 yilning yozida "Shtutgart"dan kelgan edi. O'yinchining narxi - 30 million evro. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany