"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi
14 noy 2025 00:54
Yangiliklar
"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Manuel Noyer yana bir mavsum "Bavariya"da o'ynashi mumkin.
"Bild" malumotiga ko'ra, klub 39 yoshli posbonga yana bir mavsumlik shartnoma taklif qilmoqda.
Darvozabon esa o'z holatiga qarab, o'z qarorini malum qilmoqchi. U eng kamida yangi yil bayramigacha kutishni, bir qancha muddatni jarohatsiz o'tkazishni istamoqda.
"Bavariya"dagilar posbon 2026 yil yozida faoliyatini yakunlashiga ishonmayapti, shu bilan birgalikda unga shartnomani uzaytirish bobida hech qanday bosim uyushtirishni istamayapti.
Noyer "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 532 o'yinida qatnashib, 448 marta gol o'tkazib yuborgan, 243 o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar