"Bavariya", "Liverpul" yoki "Barselona"ga murabbiy bo'lib, sovrin qo'lga kiritishni orzu qilayotgan 31 yoshli mutaxassis
22 apr 2019 00:15
Yangiliklar
"Bavariya", "Liverpul" yoki "Barselona"ga murabbiy bo'lib, sovrin qo'lga kiritishni orzu qilayotgan 31 yoshli mutaxassis
Germaniya bundesligasining 30-turida SHalke ustidan yirik hisobda zafar qozongan (2:5) Xoffenxaym bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uchrashuvdan so'ng top jamoalarga murabbiy bo'lishni xohlayotganini yashirmadi.
“«Bavariya» – yaxshi klub. Men o'zimni myunxenliklar boshqaruviga tavsiya etishim mumkin. SHuningdek, «Liverpul» va «Barselona»ga ham murabbiy sifatida nomzodimni ko'rsataman. Kech bo'lmasdan, so'nggi olti yilda qandaydir sovrinni qo'lga kiritib, uni o'z qo'llarim bilan ushlab ko'rmoqchiman”, – deya qayd etgan bundesliga tarixidagi yoshi eng kichik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, «Xoffenxaym» hozirda Germaniya chempionatida 50 ochko to'plagan holda jadvalning Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 6-pog'onasida bormoqda.
Fikrlar