"Bavariya", "Liverpul" yoki "Barselona"ga murabbiy bo'lib, sovrin qo'lga kiritishni orzu qilayotgan 31 yoshli mutaxassis

Eldor Akmurzayev
22 apr 2019, 00:15
Germaniya bundesligasining 30-turida Shalke ustidan yirik hisobda zafar qozongan (2:5) Xoffenxaym bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uchrashuvdan so'ng top jamoalarga murabbiy bo'lishni xohlayotganini yashirmadi.

“Bavariya – yaxshi klub. Men o'zimni myunxenliklar boshqaruviga tavsiya etishim mumkin. Shuningdek, Liverpul va Barselonaga ham murabbiy sifatida nomzodimni ko'rsataman. Kech bo'lmasdan, so'nggi olti yilda qandaydir sovrinni qo'lga kiritib, uni o'z qo'llarim bilan ushlab ko'rmoqchiman”, – deya qayd etgan bundesliga tarixidagi yoshi eng kichik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Xoffenxaym hozirda Germaniya chempionatida 50 ochko to'plagan holda jadvalning Yevropa ligasiga yo'llanma beruvchi 6-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild