"Bavariya" Kezaga qiziqmoqda
10 iyu 2021 16:04
Yangiliklar
"Bavariya" Kezaga qiziqmoqda
Italiyalik vinger Federiko Keza "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Nemis grandi rahbariyati Evro-2020dan so'ng "Yuventus" bilan muzokaralarga kirishadi. Bitim amalga oshishi qiyin, sababi "keksa sinora" 23 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Federiko o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar