"Bavariya" Gakpoga qiziqmoqda. PSV Niderlandiya terma jamoasi vingerini 20 mln evrodan ortiqroqqa baholamoqda
10 iyu 2021 14:56
Yangiliklar
"Bavariya" Gakpoga qiziqmoqda. PSV Niderlandiya terma jamoasi vingerini 20 mln evrodan ortiqroqqa baholamoqda
PSV vingeri Kodi Gakpo "Bavariya" etiborini tortmoqda.
Myunxenliklar Niderlandiya terma jamoasining 22 yoshli debyutanti bo'yicha taklif ham berdi. Gakponing o'zi va PSV futbolchi yana bir mavsum klubda qolishini xohlamoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Lill" yaqinda o'yinchi uchun 15dan 20 mln evroga qadar mablag' taklif qildi, ammo PSV ushbu mablag'ni etarli emas deb topdi.
Eyndxoven klubi o'tgan yili shuningdek "Marsel" va "Gerta"ning 20 mln evrolik taklifiga rad javobini bergan edi.
Vinger o'tgan mavsum Erediviziya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar