So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  0 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Bavariya chempion, boshqa kim ham bo'lardi? Barchasiga Kovach aybdor-mi? Yangiliklar

Bavariya chempion, boshqa kim ham bo'lardi? Barchasiga Kovach aybdor-mi?

Quruq futbol yoki ketma-ket 8-chempionlik…

«Bavariya» hukmronligi hech qachon tugamaydigandek ko'rinmoqda. Asosiy qahramon albatta - Xans Diter Flik. Noyabrdagi 1:5 maglubiyatidan keyin Kovachning o'rnini egallagan va o'sha zahotiyoq «Borussiya Dortmund»ni 4:0 hisobida yanchib tashlagan Flik «Bavariya» futbolchilarining bir-birining o'rnini bosishi bo'yicha chempionga aylantirib bo'ldi. Ammo, ayrimlarning fikricha Bundesligani TOPlar ichida eng zerikarlisiga ham aylantirib bo'ldi.



To'g'ri-da. Oxirgi 8 yilda 8-marotaba chempion, buning nimasi qiziq? Mana APL bu futbol. La Ligaga qarang – ana buni tomosha desa bo'ladi. SHu ham chempionatmi… deydiganlar ko'p albatta. Hattoki, korona krizisi davomida kurishga hech vaqosi qolmagan ayrim futbolsevarlarning tomog'idan Bundesliga o'tmadi.

Ammo, hakikiy «quruq futbol» sevarlar jimgina Bundesligaga sodiqligicha qolaveradi. U faqat va faqat haqiqiy futbol haqida. SHou emas, biznes emas, shou biznes ham emas – quruq futbol. Ammo, hozirgi zamonda quruq futbolning kimga qizig'i bor?!

Levandovskining esa asosiy qahramonligi uning urgan gollari emas, (31 yoshli polyak 40ta o'yinda 46ta gol urdi) bir emas 7ta poziciyada o'zini bemalol his qila olishida.



«Oltin tup» bordiyu Levandovskiga berilsa hech ham hayron bo'lishning hojati qolmaydi. Eng dahshatli paytlarda, krizis avjida arvoh o'yinlar bilan bo'lsa-da, chempionatni qaytarishga jurat etgan Bundesliga bunday etirofga juda ham loyiq.

SHunday deymanu, ammo yana o'sha ovozlarni eshitaman: «Bavariya» chempion, boshqa kim ham bo'lardi? Ensangiz qotsa kotaversin, aziz La Ligachilar, haqqingiz bor… Kim bilsin, balki «Bavariya»ni «o'ldirib» Bundesligani «tiriltirayotgan» Kovach qolganida hammasi boshqacha bo'larmidi…




Matluba Mustaeva

Berlin, Germaniya.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика