"Bavariya" bugunoq Bundesliga chempioniga aylanishi mumkin
16 iyu 2020 15:34
Yangiliklar


"Bavariya" bugunoq Bundesliga chempioniga aylanishi mumkin
Xans-Diter Flik jamoasi mehmonda "Verder" bilan bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Agar myunxenliklar bu o'yinda ham zafar quchishsa, ularni taqib qilayotgan Dortmundning "Borussiya" jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan bo'ladi. Hozirda "Bavariya"ning hisobida 73 ochko, dortmundliklarda esa 66 ochko bor. 34-tur so'nggisi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" bungacha ketma-ket 7 bor Bundesliganing bosh sovriniga ega chiqqandi. Myunxenliklarning joriy mavsumdagi g'alabalari sakkizinchisi bo'ladi.
→ Germaniya Bundesligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati
Werder Bremen |
1. Bundesliga . 32-tur 17/06/2020, 00:30 1
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Robert Lewandowski - 43' |
Stadion: Wohninvest-Weser-Stadion, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Harm Osmers
O’xshash yangiliklar

Fikrlar