So’nggi yangiliklar

19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  0 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  29 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  10 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  67 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  2

"Bavariya" bosslariga Nagelsmanning kiyinish uslubini yoqmayapti. Ular murabbiydan futbolni shou-biznesga aralashtirmaslikni so'rashmoqda Yangiliklar

"Bavariya" bosslariga Nagelsmanning kiyinish uslubini yoqmayapti. Ular murabbiydan futbolni shou-biznesga aralashtirmaslikni so'rashmoqda

Myunxendagi yana bir muammo.

"Bavariya" va Yulian Nagelsmann o'rtasida mojaro. Abadiy chempion xalqaro tanaffusga Bundesligada etakchi "Union" jamoasidan 5 ochko ortda qolgan holda 5-o'rin bilan yo'l oldi.


Bild gazetasining xabar berishicha, "Bavariya" Nagelsmanni o'yinlarga kiyimlar tanlashida tanqid qilmoqda... Klub Yulian bir narsani tushunishini xohlaydi: futbol — bu shou-biznes emas. SHunga qaramay, Yulian faqatgina myunxenliklar hamkorlik qiladigan brendlar kiyimlarini tanlaydi — adidas va Hugo Boss.


Klub rahbariyati Nagelsmanni go'yoki "murabbiylar o'rindig'ini o'ziga xos shohsupaga aylantirganlikda" ayblamoqda — go'yo murabbiyning liboslari jamoa ichida janjallarni keltirib chiqarmoqda. "Bavariya"ga Yulianning shunday yo'l bilan o'ziga diqqat-etibor qaratishi yoqmaydi.


Yulian ayrim paytda yorqin obrazda namoyon bo'lsa ham, ushbu mavsumda o'zini ancha tutib turibdi.


Masalan, u "Union"ga qarshi o'yinga rasmli oddiy oq rangli futbolkada bordi.



U Italiyaning "Inter" jamoasiga qarshi o'yinga o'zi bilan "elegant" qora kostyumini olib ketdi.



"SHtutgart"ga qarshi o'yinda jamoasi uchun shunday oq kurtkada qayg'urdi.



U "Barsa"ning iliq kutib olishida zamonaviy shimlarda edi.



Garchi, oddiy qora futbolka bo'lsa ham.



Nagelsmann oldinroq bunday ham yorqinroq kiyinardi.


"Modalar dahosi". Nagelsmann haqida shunday deyishadi.


So'nggi bir necha yilda kiyimi Nagelsmannikidan ko'p muhokama qilinadigan murabbiyni topish qiyin. Murabbiyning "Bavariya"ga ketishi haqidagi xabardan so'ng, taniqli sport sayti SPOX uning eng yaxshi libosilarini tanladi. Birinchi o'rinni uzun sariq kurtka va qizil-sariq rangli Nike krossovkalaridagi rasm egalladi. Bild 2020 yilning sentyabrida Nagelsmann Amerika kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan birinchi kouch bo'lishini yozgandi, ammo bitim haqidagi rasmiy malumot elon qilinmadi.



Nagelsmanning uslubiga yaqqol reakciya o'yq, ammo u aniq qiziqishni uyg'otadi. 2020 yilda kelinlik bo'yicha dizayner Uve Xerrmanndan yosh murabbiyning suratlarini baholashni so'rashdi va beshta rasm ko'rsatishdi. U xursand holda gapirdi:


SHaxsan meni Nagelsmanni modalar dahosi deb hisoblayman. Hech kim undan ko'ra aql, iliqlik va odamlarga tegishli bo'lishni o'zida mujassam eta olmaydi. Yulian hech narsani tasodifan qilmaydi va u o'zining shaxsiy moda brendini ochishi kerak".


Nagelsmanning mahalliy moda chiqishlari alohida bir masala. PSJ bilan CHL yarim finalida va "Leypcig"ni boshqarayotganda kulrang shim va pidjakda chiqdi, qora ko'ylak va to'p ko'k rangli galstuk taqdi. Obrazni paypoqsiz to'q ko'k oyoq kiyim to'ldirdi.




Yulian 2021 yilda unga moda yoqishini tan oldi. Murabbiy o'zining kiyimlariga reakciyalarni kuzatishini aytdi — uning do'sti unga instagramdagi postlarni yuborib turadi.


Endi "Bavariya"ning yaqin o'yinlari yangi liboslarni kutamiz.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика