So’nggi yangiliklar

00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  31 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0

"Bavariya" bosh murabbiyi Flik Noyer va Nyubel haqida gapirdi hamda kelasi mavsumda kim 1-raqam bo'lishini aytdi - intervyu Yangiliklar

"Bavariya" bosh murabbiyi Flik Noyer va Nyubel haqida gapirdi hamda kelasi mavsumda kim 1-raqam bo'lishini aytdi - intervyu

"Bavariya" bosh murabbiyi Xansi Flikning yaqinda nemis matbuotiga bergan intervyusidan bazi mavzular bo'yicha parcha keltiramiz.

"Bavariya"dagi etakchi va muhim futbolchilar haqida

Flik: — Birinchi navbatda Manuel Noyer. Tomas Myuller ham hech qanday shubhasiz etakchilar orasida peshqadam. SHuningdek, Robert Levandovski. Leva jamoamiz hujumiga jon taqdim etib turibdi. Kimmix va Alkantara - tayanch nuqtamizdagi asosiy qism kabi tandemda zo'r ishlamoqda. David Alaba esa maydonda ko'p gapiradigan va yildan-yilga o'yini taraflama rivojlanishda davom etayotgan futbolchi. To'psiz ham yaxshi o'ynaydi va markaziy himoyachi sifatida jamoa hujumlarini boshlashda ham benazir. Alabani zamonaviy futboldagi markaziy himoyachiga kerakli barcha sifatlarga ega futbolchi deb bemalol aytish mumkin.


Murabbiyning transfer borasidagi roli haqida

Flik: — Murabbiy jamoaning transfer siyosati yo'lini belgilanishida ishtirok etishi muhim omillardan biri. Bu yo'nalishda meni o'ziga yarasha tajribam mavjud. Milliy jamoada murabbiy sifatida va sport direktori rolida ham ish tajribasi bu borada qo'l keladi. Bazan ikkinchi darajali jihatlarga ham o'z vaqtida etibor berib, ularni inobatga olish lozim. Kelajakdagi rejalarni tuzayotganda ikkita jihat asosiy rolni bajaradi. Birinchi navbatda, klub jamoa qanday o'ynashini istayotganini bilib, tushunishi va shunga monand o'z falsafasi bo'lishi shart. SHundan kelib chiqqan holda murabbiy tanlab, o'sha falsafaga yarasha o'yinni shakllantirishi lozim. Ikkinchi jihat bu transfer siyosati. Yani, jamoani kuchaytirishi ham tarkibni to'ldirishi kerak bo'lgan futbolchilarni tanlash. O'ylashimcha, murabbiyga ham tarkibni kuchaytirish borasida tanlash imkoniyati qoldirilishi shart. Klub yaqin kelajakda transfer g'oyalari haqida elon qilishi normal holat. Idealda esa buni murabbiy bilan maslahatlashishi zarur. Lekin faqat murabbiyning istak va xohishidan kelib chiqib transfer siyosatini olib borish ham yaramaydi. Masalan malum murabbiy yangi 5 nafar futbolchini ko'rishni istashi va undan keyin keladigan mutaxassis esa ular bilan ishlay olmasligi mumkin. SHu boisdan ham murabbiy va futbolchilar o'yin uslubi va o'zaro tushuncha taraflama ham bir-biriga to'g'ri kelishi muhim. 

"Bavariya"da  11ta poziciya mavjud va ularning 8tasida ikkitadan futbolchi bor. Bizga 3 poziciya bo'yicha bittadan futbolchilar zarur. Bizda bu borada uch xil variantdagi rejalar bor. Qaysi yo'ldan ketish borasida chuqur o'ylab ko'rib, yakuniy to'xtamga kelamiz.


Yordamchi murabbiy haqida

Flik: — Agarda murabbiylar shtabiga yangi yordamchi keladigan bo'lsa, unda uning vazifalari aniq bo'lishi kerak. SHtabdagi jamoa bilan futboldagi qarashlari o'zaro to'g'ri kelishi muhim. Taktik, futboldagi qadriyat, jamoa boshqaruvi, strategiya va jamoani o'yinga tayyorlash xarakterlari kabi muhim jihatlar mavjud. Buni biz mening shtabimdagi jamoa bilan maslahatlashamiz.

Men Miro Klozeni juda qattiq hurmat qilaman va ishini yuqori baholayman. Kloze katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Terma jamoadagi faoliyati va ishim yuzasidan yaxshi tanishmiz. Men terma jamoadagi faoliyatim davomida uning murabbiy bo'lish istagini birinchilardan qo'llab-quvvatlaganman. Menga uning murabbiylik faoliyatidagi tanlagan yo'li yoqdi. Jahon yulduzi darajasidagi futbolchi yoshlar jamoasidan ilk yo'lini boshladi. Bu katta maktab bo'ladi. U nafaqat yosh futbolchilarga, balki yosh murabbiylarga ham juda ko'p narsa bera oladi.


Tomas Myuller haqida

Flik: — Tomas Myuller Germaniya futboli tarixidagi eng yorqin futbolchilar qatoridan o'rin olishga ulgurgan. "Bavariya" Myuller kabi futbolchisi borligidan va Tomas "Bavariya" bilan bir qatorda tilga olinishidan faxrlanishi kerak. Myuller doim jamoa manfaati va qiziqishlarini ustun qo'yadi. Aynan jamoa manfaati va qiziqishlarini ustun qo'yadigan jihatga transfer siyosatini amalga oshirayotgan pallada ham etibor qaratish lozim. Myuller esa namuna. Menga biz deb gapiradigan futbolchilar yoqadi.


Nyubel haqida

Flik: — Ochig'ini aytaman, bu transferni amalga oshirilayotganda rahbariyat mendan so'ramagan. Men albatta bilganman, ammo maslahatlashilmagan. Bu transfer siyosati jamoaning ertasi, yani kelajagi poydevori sifatida qilingan yurish. O'sha paytda esa vaqtincha bosh murabbiylikka kelgan mutaxassis bilan mazkur transferni o'zaro maslahatlashish shart bo'lmagan. Darvozabonlar masalasi bizda aniq. Sven Ulrayx ajoyib darvozabon, har kungi mashg'ulotlarda ajoyib ishlaydi. Juda katta ko'lamdagi ishni bajarmoqda. Lekin uning oldida jahonning birinchi raqamli top darvozaboni Manuel Noyer bor. Lekin bu unga har mashg'ulotda ter to'kib ishlashiga to'sqinlik qilmayapti. Manu shubhasiz jahonning eng kuchli darvozaboni. SHu boisdan bu borada unga alternativ yo'q. Kelasi mavsumda ham hech narsa o'zgarmaydi. Manu jamoani olg'a boshlaydi va "Bavariya"ga juda yuqori ishonch bag'ishlaydi. Nyubel yosh va juda istedodli kiper. 


Xaverc, Koutino, Verner haqida

Flik: — Har uchala futbolchi iqtidor jihatdan yuqori mahorat egalari. Menga har uchalasi yoqadi. Kelajakda Levandovskini Zirkzee almashtirishi mumkin. Zirkzee hali juda yosh va unga tajriba to'plash uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Xavercni esa istalgan murabbiy o'z qo'l ostida ko'rishni istaydigan darajadagi futbolchi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика