"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi
10 may 2022 11:34
Yangiliklar
"Bavariya" "Ayaks" futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi
"Bavariya" "Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Bitim 2027 yilga qadar mo'ljallangan. O'yinchining maoshi bonuslarsiz bir mavsum uchun 4,5 mln evroni tashkil etadi.
Gravenberxning o'zi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan "Ayaks" bilan shartnomasini uzaytirishni ko'rib chiqmayapti. O'yinchi faoliyatini boshqa joyda davom ettirmoqchi.
19 yoshli niderlandiyalik joriy mavsum 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar