Bastian SHvaynshtayger: "Myullerni qanday o'ynashini hech kim bilmaydi"
06 iyu 2014 22:41
Yangiliklar
Bastian SHvaynshtayger: "Myullerni qanday o'ynashini hech kim bilmaydi"
Germaniya terma jamoasi etakchisi Bastian SHvaynshtayger Braziliyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Neymar o'ynay olmasligi barchani ranjitdi. Biz har doim kuchli tarkibga ega jamoaga qarshi maydonga tushishni istaymiz.
Dante o'ynasa xursand bo'laman. U asosiy tarkibda o'ynashga loyiq futbolchi. Dante har doim quvnoq va mashg'ulotlarda ham eng ko'p mehnat qiladigan futbolchilar sirasiga kiradi. Biz Danteni yaxshi bilamiz va u ham bizni qanday o'ynashimizni biladi. Faqatgina Tomas Myullerdan tashqari. Tomasdan g'ar qanday xavfni kutish mumkin. Myullerni qanday o'ynashini hech kim bilmaydi. Hamma braziliyaliklarni sehrgar deb biladi. Lekin so'nggi yillarda ularni o'yin uslubi o'zgardi. Avvalgi Braziliya bugungisidan farq qilardi. Endi ular ancha keskin o'ynashni o'rganib olishgan.
Fikrlar