Barselonaning 8 nafar futbolchisi Real bilan o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2017, 07:38
Barselonaning Ispaniya Superkubogi doirasidagi Realga qarshi o'yin uchun tarkibi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv 13 avgust kuni tunda Kamp Nou stadionida bo'lib o'tadi.

Arda Turan, Marlon, Serdji Samper, Munir El-Xaddadi va Duglas Pereyra bu o'yinda maydonga tushishmaydi.

Andre Gomesh jarohatdan so'ng tiklanoqda. Rafinya va Vermalen esa qaydnomaga jarohatlari tufayli kiritilmadi.

Barselona qaydnomasi:

Ter Stegen, Sillessen, Semedu, Pike, Maskerano, Alba, Din, Vidal, Umtiti, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Serdji Roberto, Inesta, Luis Suares, Messi, Deulofeu va Alkaser.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com