"Barselona"da yana bir istefo
10 okt 2017 10:47
Yangiliklar
"Barselona"da yana bir istefo
Solerning klubdan ketishiga charchoq va haddan tashqari ko'p ishlash sabab bo'lgan. Bu haqida Albert Solerning o'zi malum qildi. Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Solerni o'z ishidan ozod qilishga rozi bo'ldi.
Klubning sport loyihalariga javob bergan Solerning so'zlariga ko'ra, u ispan grandi uchun oson kechmagan yozgi transfer oynasida ko'p mashaqqat chekkan. Neymarning PSJga o'tishini esga olishning o'zi etarli.

Soler "Barselona"da faqatgina futbol loyihalarini amalga oshirishga javob bermasdi. Basketbol, xokkey, futzal va bazi boshqa sport turlari ham uning vazifalariga kirardi. Basketbolga bog'liq loyihalar ham undan katta kuch talab qilardi.
Endi klubdagi futbol loyihalariga bosh menejer Pep Segura javob beradi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq, Barselonada 15 yil ishlagan direktor klubdan ketgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar