"Barselona" yarim himoyachisi ikki oy maydonga tusha olmaydi
03 okt 2017 16:41
Yangiliklar
"Barselona" yarim himoyachisi ikki oy maydonga tusha olmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara 1 oktyabr kuni tizzasini operaciya qildirgani tufayli kamida 2 oy maydonga tusha olmaydi.
24 yoshli futbolchi aprelda jarohat olgan edi.
Malumotlarga ko'ra, xavbek bundan oldin ham operaciya qilingan, ammo davolanish jarayonida muammolar chiqqan ko'rinadi. Alkantara 2018 yilning boshida mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Braziliyalik "Barselona" futbolkasida 78ta uchrashuv o'tkazib, 11ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.
Fikrlar