"Barselona" vice-prezidenti: "Leo uchun eshiklarimiz doimo ochiq"
07 okt 2022 12:04
Yangiliklar
"Barselona" vice-prezidenti: "Leo uchun eshiklarimiz doimo ochiq"
"Barselona" vice-prezidenti Eduar Romeu PSJda to'p tepayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messining kataloniyaliklar klubiga qaytishi mumkinligi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar sport rahbariyati Messining transferini zarur deb hisoblasa, biz buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz mo'jizalar yarata olamiz. Leo – "Barselona" uchun qadrli futbolchi. U uchun eshiklarimiz doimo ochiq", – dedi Romeu.
Eslatib o'tamiz, Messining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi, biroq Franciya klubi u bilan "1+1" ko'rinishida kelishuvni uzaytirmoqchi.
35 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar