"Barselona" Trinkauni 60 million evroga sotmadi
03 avg 2020 21:53
Yangiliklar
"Barselona" Trinkauni 60 million evroga sotmadi
Sport.es xabar berishicha, "Barselona" Fransishku Trinkauni 60 million evro evaziga sotishdan bosh tortdi.
Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchining transfer huquqini qishda "Braga"dan 31 million evroga sotib olgan va mavsum oxiriga qadar portugal jamoasiga ijaraga bergan edi.
Portugaliyalik o'yinchining agenti Jorje Mendesh "Barselona" rahbariyatiga APL klublaridan birini taklif qildi. Inglizlar Trinkau uchun 60 million evro to'lashga tayyor bo'lishgan, ammo "ko'k-anorranglilar" rahbariyati rad javobini bergan.
Fikrlar