"Barselona" top-5 ligalar klublari orasida eng kam gol o'tkazgan
17 noy 2022 13:32
Yangiliklar


"Barselona" top-5 ligalar klublari orasida eng kam gol o'tkazgan
Kataloniya klubining CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizligi Ispaniya La Ligasidagi o'yiniga tasir qilmadi.
"Ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabariga ko'ra, jamoa liganing jami 14 uchrashuvida bor-yo'g'i 5 ta gol o'tkazib yuborgan, bu esa Evropaning top-ligalari orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni xuddi shuncha o'yinda 7 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan "Yuventus" egallab turibdi. Uchinchi o'rinda esa Liga 1 vakili PSJ bo'lib, jamoa 15 o'yinda 9 marta raqiblari golini oldini ola bilmagan.
"Barselona"ning himoyadagi ushbu ajoyib o'yini natijasida darvozabon Mark-Andre ter SHtegenning xizmatlari katta. Nemis posboni faqat "Real Sosedad", "Real Madrid" va "Osasuna"ga qarshi uchrashuvlarda jamoasini gollardan himoya qila olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar