"Barselona" tarbiyalanuvchisiga bo'lgan qiziqishni tikladi

Alisher
28 apr 2022, 17:38
"Barselona" "Benfika" himoyachisi Aleks Grimaldoga qiziqishni tikladi.

Kataloniyaliklar 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolashmoqchi.

Grimaldo - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U "Benfika"ga 2016 yilning yanvarida o'tgan. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum portugal jamoasi tarkibida 47ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com