"Barselona" sobiq prezidenti oqlandi
24 apr 2019 18:13
Yangiliklar
"Barselona" sobiq prezidenti oqlandi
Ispaniya oliy sudi pul yuvishda ayblangan "Barselona" sobiq prezidenti Sandro Rosel aybsiz ekanligini elon qildi.
Isbot yo'qligi tufayli 55 yoshli kataloniyalik va yana 5 kishidan ayblovlar olib tashlandi.
Rosel 2017 yilning may oyida hibsga olingan edi. U 643 kundan so'ng, 2019 yilning fevralida ozodlikka chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Rosel Braziliya terma jamoasi imij huquqlarini sotish va braziliyaliklar o'rtoqlik o'yinlarini pullashdan noqonuniy ravishda 15 mln. evro ishlab olganlikda ayblangan edi.
Sandro Rosel 2010-2014 yillarda "Barselona" prezidenti sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar