Enso Fernandes "Chelsi"dan maoshini oshirishni talab qilmoqda
31 jan 22:34
Yangiliklar
Enso Fernandes "Chelsi"dan maoshini oshirishni talab qilmoqda
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes yangi shartnomaga ega bo'lmoqchi.
Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchining fikricha, uning joriy mavsumdagi o'yinlari maoshi oshirilgan yangi shartnomani muhokama qilishga asos bo'la oladi. Agentlar almashganidan so'ng, xavbekning yangi vakillari "Chelsi"ga tez orada yangi bitim bo'yicha muzokaralarni boshlashni istayotganini malum qilishdi.
Enco Fernandesning "Chelsi" bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar