"Barselona" sobiq futbolchisi Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
03 jan 2023 10:46
Yangiliklar
"Barselona" sobiq futbolchisi Albaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Albaniya terma jamoasini braziliyalik Silvino boshqaradigan bo'ldi, deb xabar berdi jamoa matbuot xizmati.
48 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda italiyalik Edoardo Reyani almashtirdi.
Silvino futbolchi sifatida "Korintians", "Arsenal", "Selta", "Barselona" va "Manchester Siti" klublarida o'ynagan. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng Braziliya olimpiya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olgan. SHuningdek, "Lion" va "Korintians"da faoliyat yuritgan. 2022 yilning fevralida Braziliya klubi murabbiyligidan ishdan bo'shatilgan.
Silvinoning maqsadi Evro-2024ga chiqish bo'ladi. Saralash bosqichida Polsha, CHexiya, Farer orollari va Moldova raqiblik qiladi.
Malumot o'rnida, Silvinoning yordamchilaridan biri argentinalik Pablo Sabaleta bo'ladi.
Fikrlar