"Barselona" rahbariyati PSJ hujumchisi Neymar transferi bo'yicha yuboriladigan taklifni qo'llab-quvvatladi
19 avg 2019 19:50
Yangiliklar


"Barselona" rahbariyati PSJ hujumchisi Neymar transferi bo'yicha yuboriladigan taklifni qo'llab-quvvatladi
"Barselona" yaqin vaqt ichida parijliklar etakchisi Neymarning transfer huquqini sotib olish maqsadida rasmiy yozma taklifini jo'natadi.
Ushbu qaror dushanba kuni kataloniyaliklarning sport bo'limi moliyaviy vakillari ishtirok etgan klub yig'ilishida qabul qilindi.
Avvalroq, "Barselona" LaLiganing ochilish o'yinida "Atletik" klubiga imkoniyatni boy berganidan keyin Neymarni qaytarib olish uchun urinishlarni kuchaytirgani malum qilingandi.
Manbaning malumotiga ko'ra, parijliklarning maqsadi Neymar sotuvi orqali Usmon Dembeleni qo'lga kiritish. SHuningdek, PSJ 27 yoshli braziliyalikni 220-250 mln evro evaziga sotib olish majburiyati bilan ijaraga berishni istamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar