"Barselona" Rafinya Alkantara bilan xayrlashadimi?
29 iyu 2017 17:12
Yangiliklar
"Barselona" Rafinya Alkantara bilan xayrlashadimi?
"Barselona" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Rafinya Alkantarani transferga qo'ymaydi.
Bu haqda Kataloniya klubi vakillaridan biri malum qildi.
"Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde Rafinyaga ishonch bildirmoqda. Mutaxassis uchun u muhim futbolchi" - deydi ko'k-anorranglilar vakili.
Oldinroq braziliyalik futbolchi "Arsenal"dan xarid qilinishi mumkin bo'lgan Ektor Belerinning transferiga qo'shilishi mumkinligi elon qilingan edi. Alkantaraning o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lib, Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqchi.
So'nggi mavsum Alkantara LaLiganing 18 ta uchrashuvida ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar