So’nggi yangiliklar

20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  0 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  8 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  98 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  5 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2

"Barselona" - PSJ uchrashuvi haqida o'zbek jurnalistlari nima dedi? Yangiliklar

"Barselona" - PSJ uchrashuvi haqida o'zbek jurnalistlari nima dedi?

"Barselona" ko'pchilik uchun uddalab bo'lmas vazifani bajarib, PSJni 6:1 hisobida taslim etdi va CHempionlar ligasining 1/4 finaliga yo'l oldi.

Ushbu tarixiy uchrashuv haqida o'zbekistonlik jurnalistlar qanday fikrda? Jurnalistlarimizning bu bahs borasida ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirgan fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.

Alisher Nikimbaev (o'zbek futboli mutaxassisi):


Parijlik qizlar uchrashuvda qanday mag'lub bo'lishdi?

SHunday: So'nggi 10 daqiqa ichida 4 ta aniq uzatma.

PSJ - bu shunday holatki, klub buyukligini pulga sotib ololmaysan. Xatto juda katta pullar evaziga ham.


Aziz Nuriy ("Qizilqum" matbuot-kotibi):


O'yin tugashi bilan SHerzod Azamov ("Nasaf", himoyachi) tel qildi. O'yindan oldin gaplashganimda "Barsa"ning o'tishiga ishonayotganini aytgandi...))


Yoqubjon Bobojonov ("UZREPORT TV" sharhlovchisi):


Tomog'im bo'g'ilib qoldi... Endi ertaga ishga chiqa olmasam kerak. Lekin tarixiy o'yinni sharhlash nasib qilganidan xursandman)

Darvoqe, oxirga golda jarima zarbasini ter SHtegen ishlaganini sezdingizmi? Bu g'alabada ter SHtegenning xissasi katta.


Murod Rizaev ("Sport" telekanali sharhlovichisi):


Tarixiy g'alaba... Ter SHtegen 4 daqiqa darvozani bo'sh qoldirdi... Muxlislar o'kirib yig'lashyapti... Enrike 6 ta uramiz degan gapida turdi... O'zgartirishlar o'zini oqladi... Bugun hech kim uxlamaydi... "Sport" telekanaliga choyxona mendan

Qani O'rgimchak odamlar, Betmen, Supermen, Tarzanlar...

Ular bilan ham o'ynaydi "Barsa".


Diyor Imomxo'jaev ("Daryo" jurnalisti):


Bu shunday o'yinki, unda hakam penalti, penalti qilib o'tirilmaydi. "Barsa"ga hurmat yuzasidan shlyapa echib qo'yiladi. Tabrikleyshns, "Barsa"chilar!


Behzod Nazarov ("Paxtakor" matbuot-kotibi):


"Barsa" yaqin 70 yil ichida ECHLni hech kimga bermaydi. Bu mavsum qolgan o'yinlarni 8-12 to'p farqi bilan yutadi.


Dildora Xolbaeva ("So'g'diyona" matbuot-kotibasi):


Uraa! 8 mart uchun haqiqiy sovg'a!


SHahboz Beg'amov ("O'zbekiston futboli" gazetasi jurnalisti):


Eyforiya buyog'i. Kamida bir hafta. Lekin hakam yordami yaqqol sezildi. ECHLni hozirdanoq "Barselona"ga sovg'a qilayotganlar, shoshilmanglar, to'xtang!


SHerzod Rajabov (PFL xodimi):


Tarix bu! Bunaqasi bo'magan/ PSJga oltita ura oldi... Ketma-ket 37 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan PSJga...

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика