"Barselona" prezidenti Agueroga murojaat qildi
02 noy 2021 20:42
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti Agueroga murojaat qildi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya jamaosi hujumchisi Serxio Agueroni qo'llab-quvvatladi.
Argentinalik yuragidagi muammo tufayli kamida 3 oyga safdan chiqdi.
"Barselona" seni to'liq qo'llab-quvvatlaydi! Sen o'z xaraktering va xushkayfiyating bilan maydonga qaytasan va gollar urasan", – dedi Laporta.
Aguero "Barselona" safida 17 oktyabr kuni debyut qilgan edi. U 5 o'yinda 1 ta gol urdi.
Fikrlar