"Barselona" o'yinchisi klubga qaytishni xohlamayapti
08 jan 2020 12:41
Yangiliklar
"Barselona" o'yinchisi klubga qaytishni xohlamayapti
Arda Turan Barselonaga qaytishdan bosh tortmoqda.
Ammo, futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Avvalroq, "Istanbul Bashakshexir" futbolchi bilan ijara shartnomasini bekor qilgan edi.
Futbolchining faoliyatini davom ettirishi qiyinlashishi mumkin. Turan o'tgan yil janjal tufayli 2 yil va 8 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Endi esa turk futbolchisi "Barselona"ga qaytishi kerak, ammo u buni qilmoqchi emas. Eslatib o'tamiz, Arda Turan "Barselona"ga 2015 yilda Madridning "Atletiko" klubidan o'tgan edi.
Futbolchi 2006-2017 yillar davomida Turkiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar