"Barselona" Manuel Pellegrinini bosh murabbiy lavozimiga taklif qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2015, 10:20
"Barselona" "Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini xizmatlariga qiziqib qoldi.

Luis Enrike va Lionel Messi o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikdan so'ng klub yangi bosh murabbiyi qidirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Andoni Subisarreta iste'fosidan so'ng sport direktorligi lavozimi bo'sh qoldi, uning yordamchisi Karles Puyol esa o'z xohishi bilan ishdan ketdi. Xabar qilishlaricha, kataloniyaliklar "Manchester Siti"ning sport direktori Chiki Begiristaynni ham jamoaga taklif qilmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com