
Luis Enrike va Lionel Messi o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikdan so'ng klub yangi bosh murabbiyi qidirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Andoni Subisarreta iste'fosidan so'ng sport direktorligi lavozimi bo'sh qoldi, uning yordamchisi Karles Puyol esa o'z xohishi bilan ishdan ketdi. Xabar qilishlaricha, kataloniyaliklar "Manchester Siti"ning sport direktori Chiki Begiristaynni ham jamoaga taklif qilmoqchi.