Barselona La Ligada noyob rekord o'rnatdi
07 mar 2021 07:16
Yangiliklar


Barselona La Ligada noyob rekord o'rnatdi
Ispaniya chempionati 26-turida “Barselona” safarda “Osasuna”dan ustun keldi.
Pamplonadagi “El-Sadr” stadionida kechgan bahsla kataloniyaliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarni Jordi Alba va Ilash Moriba kiritdi.
Gracenote Live xabariga ko'ra, Ispaniya chempionatlari tarixida ilk marta “Barselona” safida 19 yoshga to'lmagan uch nafar futbolchi joriy mavsumning o'zida raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. “Osasuna”ga qarshi bahsda ikkinchi golni kiritgan Moriba endigina 18 bahorni qarshi olgan. Bungacha Pedri (18 yosh) va Ansu Fati (17 yosh) Kuman jamoasi tarkibida gol urishga erishgandi.
“Barselona” La Liga turnir jadvalida 56 ochko jamg'arib, ikkinchi pog'onada bormoqda. Jadvalni esa 58 ochko to'plagan “Atletiko” boshqarib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar