"Barselona" kelajagi so'roq ostida. Klub faoliyati to'xtatilishi mumkin
29 sen 2023 15:10
Yangiliklar
"Barselona" kelajagi so'roq ostida. Klub faoliyati to'xtatilishi mumkin
28 sentyabr kuni "Barselona"ga Ispaniya Qirollik Futbol Federaciyasi hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vice-prezidenti Xose Negreyra ishi bo'yicha rasman poraxo'rlik ayblovi qo'yildi.
Ishga rahbarlik qilayotgan Barselona tergov sudi rahbari Xoakin Agirre Kataloniya klubining Nergeyraga 7,5 million evro to'laganini jinoyat deb hisobladi.
Negreyraning o'zi, uning o'g'li, shuningdek, Kataloniya jamoasi sobiq prezidentlari Jozep Bartomeu va Sandro Rosel ham poraxo'rlikda ayblanmoqda.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, bu hatto "Barselona"ning dunyo futbol xaritasidan yo'qolib ketish darajasiga ham kelishi mumkin.
"Agar aybdor deb topilsa, jinoyatchilar 3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. "Barselona"ning o'zi professional futbol klubi sifatida faoliyat yuritishdan to'xtatilishi mumkin, bu esa katta ehtimol bilan 124 yoshli klubning bankrot bo'lishiga olib keladi", – deyiladi materialda.
Avvalroq Kataloniya klubi o'ziga nisbatan boshlangan sud tergovi haqida rasmiy xabar olmagani va hozircha jamoatchilikka bayonot bermasligi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar