"Barselona" "Inter" hujumchisi uchun Rakitich yoki Vidalni berishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 17:13
"Inter" forvardi Lautaro Martines "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Kataloniya klubi 22 yoshli argentinalik transferi uchun Ivan Rakitich yoki Arturo Vidalni berib yuborishi mumkin. Italiyaliklar ko'k-anorranglilarning aynan shu yarim himoyachilariga qiziqish bildirmoqda.

Lautaro Martines joriy mavsum A Seriyaning 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo