“Barselona” hafta oxirida Bartra bilan shartnomani uzaytiradi
24 dek 2013 10:18
Yangiliklar


“Barselona” hafta oxirida Bartra bilan shartnomani uzaytiradi
“Barselona” klubi himoyachisi Mark Bartra, kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
“Barselona” 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shu hafta yakuni 2019 yilgacha mo'lajallangan yangi shartnoma imzolamoqchi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Yangi shartnomaning barcha qismlari bo'yicha kelishuvga erishilgan, faqatgina kichik detallari bo'yicha kelishuvga erishilsa bo'lgani.
Eslatib o'tamiz, Bartraning “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yilning iyunida tugaydi.
Ushbu mavsum Ispaniya chempionatining 10 ta o'yinida maydonga tushgan Bartra, 1 ta gol va 1 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar