

Oldinroq, "Galatasaroy" Kataloniya klubi bilan 30 yoshlifutbolchining ijarasi borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi, ammo o'tish amalga oshmadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Turan "Barselona"ni tark etishni istamadi va o'zi futbol sirlarini o'rgangan "Galatasaroy" taklifini qabul qilmadi. Turkiyada transfer oynasi 8 sentyabr kuni yopiladi.
Arda Turan 2015 yilda "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.



